Ishlab chiqarish
Ishlab chiqarish quvvatlari jahondagi yetakchi ishlab chiqaruvchilar (Yizumi, Haitian, Xiecheng, Well-lih) tomonidan yetkazib berilgan termoplastavtomatlardan iborat. Mazkur uskunalar turli jarayonlarni, shuningdek maxsus xususiyatga ega bo’lgan ishlab chiqarishni amalga oshirishga yordam beradi.
Aznur Plast o‘z faoliyatida Xitoy zamonaviy texnologiyalaridan va jahondagi yetakchi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yetkazilgan uskunalardan foydalanadi. Bu esa yuqori sifatga ega va mustahkam mahsulotni ishlab chiqarishda bir qadam oldinda bo‘lishga hamda barqaror va uzluksiz ishlab chiqarishni ta’minlashga zamin yaratadi.
Termoplastik quyish sohasida qo‘llanilayotgan ilg‘or texnologiyalar va samarali yechimlar asosida biz oyiga 2 mln. dan ortiq buyum (tara) ishlab chiqarish quvvatiga egamiz.
