Biz haqimizda
“Aznur Plast” MChJ kompaniyasi O‘zbekistondagi yuqori sifatli plastik qadoqlash taralari ishlab chiqaruvchisi. Tashkilot mahalliy bozorda yaqinda paydo bo‘lishiga va faoliyat ko‘rsatishiga qaramay, turli oziq-ovqat va boshqa turdagi mahsulotlarni, qurilish materiallarini ishlab chiqarayotgan ko‘plab tadbirkorlarning hamda aholining e’tirofini va ishonchini qozongan.
Sifatiga alohida e’tibor hamda ishlab chiqarishning barcha bosqichlaridagi nazorat “Aznur Plast” MChJ ning asosiy afzalligidir. Ishlab chiqarishda zamonaviy uskunalar, yuqori sinfdagi texnika foydalaniladi. Bu esa mahsulotning yuqori sifatli xususiyatlarni egallashiga, turli yechimlarni hamda mahsulotlarning xilma-xil turlarini taklif qilishiga zamin yaratadi.
Biz ishlab chiqargan mahsulot barcha sertifikatlarga ega va iste’molchilarning barcha norma va talablariga javob beradi. Biz ishlab chiqarayotgan mahsulotlarimizning dizayniga, shakliga va rang-barangligiga jiddiy e’tibor qaratamiz. Qanday qilib qadoqlash taraning sifati va estetik fayzini birlashtirishini bilamiz. Chunki mahsulot to‘g‘risida dastlabki baholovchi taassurotlar uning qadog‘iga qarab shakllanadi.
Biz o‘z mijozlarimizni astoydil qadrlab, ularga hamkorlik uchun foydali va fayzli sharoitlarni taklif etamiz hamda barqaror, uzoq muddatli va sermahsul aloqa o‘rnatishga intilamiz. Hozirgi kunda kompaniyamiz o‘sib borayotgan ehtiyojni to‘laqonli qondirish uchun o‘z faoliyatini yanada kengaytirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmini ko‘paytirishni rejalashtirmoqda.

«AZNUR PLAST» MChJ 2019-yilda barpo etildi.
Zavodimiz qurilish materiallari, oziq-ovqat va maishiy kimyo mahsulotlari uchun yuqori sifatli plastik tarani ishlab chiqaradi.
Xaridorlarimiz qatorida mashhur brendlar ham bor.
Ishlab chiqarish assortimenti qatorida turli shakl va hajmdagi 40 dan ortiq tara turlari.
Mahsulotni ishlab chiqarishda biz xavfsizlik standartlariga javob beradigan xomashyodan foydalanamiz – mashhur brend ostida ishlab chiqarilayotgan xavfsiz PP va HDPE granulalar. Barcha mahsulot oziq-ovqat xavfsizligi sertifikatiga ega.
Zavodimizda qo’llanilayotgan ishlab chiqarish yondashuvi atrof muhitga zarar yetkazmaydi. Tizim menejmentining sifati esa ISO 9001:2015 sertifikati asosida sertifikatlangan.
“Aznur Plast” – нас выбирают лучшие!