Doypak uchun qopqoq (shtutser, dozator)

Doypak uchun qopqoq (shtutser, dozator) – paket (qadoq) uchun mo‘ljallangan ikki komponentdan iborat plastik qopqoq.
Qopqoq asosiy va ust qismdan iborat. Qopqog‘ning asosiy qismi doypak paketi ustiga eritib yopishtiriladi. Doypak shtutserning qopqog‘i birinchi ochishni ta’minlaydi. Shtutser bilan jihozlangan paket mahsulotingizga o‘lchov berishga va uni saqlashga yordam beradi. Shtutser bilan jihozlangan doypak tayyor mahsulotining keng assortimenti uchun eng zo‘r tanlov.

Buyurtma berish

Ta’rif:

Doypak qopqog‘i xavfsizdir. Oziq-ovqat mahsulotlarida foydalanish uchun sertifikatga ega.

Doypak qopqog‘idan foydalanish sohalari:

  • Oziq-ovqat mahsulotlari: bolalar ozuqasi, mayonez, ketchup, quyultirilgan sut, smetana, asal, meva sharbatlari.
  • Kosmetika: shampun, yuvunish uchun gel va h.k.z.

Dozatorning tuzilishi, shuningdek uni ishlab chiqarishda yuqori sifatli xomashyoning qo'llangani doypak upakovkasining to‘liq muhrlanishini ta’minlaydi.

Qopqoq rangi:

  • xaridor talabidan kelib chiqib har qanday.